Aripova Aziza Xasanovna, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti O‘zbek va rus tillari kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi (PhD), 1972- yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1994- yilda O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti (O‘zDJTU)ni imtiyozli diplom bilan tugatgan, mutaxassisligi – filolog, o‘zbek, rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi.
2002-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida ilmiy ishini himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Pedagogik faoliyati 30 yil. Shu yillar davomida xorijlik talabalar uchun 2 ta darslik, hammualliflikda 5 ta o‘quv qo‘llanma, shundan 3 ta yakkamualliflikdagi o‘quv qo‘llanmasi OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun 5 ta ilmiy risolasi, mutaxassislikka yo‘naltirilgan o‘quv adabiyotlari hamda notiqlik san’atiga doir elektron qo‘llanma va “Notiqlik va uning lisoniy-uslubiy vositalari” (2007) hamda “Notiqlik san’ati – ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida” (2021[1], 2024[2]) monografiylari chop etilgan. 100 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.
A.Aripova 1994-yildan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU)ning O‘zbek tili kafedrasida o‘qituvchi lavozimida o‘z faoliyatini boshlagan. 2002-2005 yillarda ushbu kafedraning katta o‘qituvchisi (PhD), 2005- yildan 2007- yilga qadar O‘zbek tili kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi, 2007-2013- yilga qadar O‘zbek tili kafedrasi dotsenti (o‘rindoshlik asosida til ta’limi fakulteti dekan muovini), 2013-2015- yilga qadar O‘zbek tili kafedrasi mudiri, 2017-2018- yilga qadar Til ta’limi markazi direktori, 2018-2020 yillar oralig‘ida Toshkent Davlat yuridik universiteti Til o‘rgatish kafedrasi dotsenti (PhD), 2021-2023- yilga qadar Toshkent Davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan Filiali Umumta’lim fanlari kafedrasi mudiri, 2023- yildan hozirga qadar JIDUning O‘zbek va rus tillari kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
2018- yilda A.Aripova Janubiy Koreyaning Pusan shahrida o‘tkazilgan “The Human Image in Changing World” xalqaro Forumida Plenar chiqishda maqolasi bilan qatnashdi.
A.X.Aripova 2022-yil 25-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan hamda xizmat burchini namunali ijro etib, o‘ziga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashib, berilgan topshiriqlarni muddatida va sifatli bajarib kelganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq martabada bo‘lish muddatiga va izchillikka rioya qilgan Adliya Vazirining “Maxsus unvonlar – martaba darajalari berish” haqidagi № 31-sht Buyrug‘iga asosan “2-darajali yurist” maxsus unvon-martaba darajasiga ega bo‘ldi.2023-yil 10-noyabrdan “The American Journal of Social Science and Education Innovations” xalqaro ilmiy-amaliy jurnali hay’at a’zosi.2021-yil 24- maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tashakkurnoma va faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan.2020- yilda esa Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya, Sankt-Peterburg), A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (O‘zbekiston, Toshkent), Samarqand davlat chet tillar instituti (O‘zbekiston, Samarqand sh.), O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi hamda Sharqshunoslik Moskva davlat muzeyi hamkorligida o‘tkazilgan "Zahiriddin Muhammad Bobur intellektual merosi va bugungi kun" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etib, «Изучение наследия правителя и поета Захириддина Мухаммада Бабура, оставившего важный след в жизни народов Азии» - “Osiyo xalqlarining hayotida muhim iz qoldirgan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur merosini o‘rganish” maqolasi bilan plenar yig‘ilishda ishtirok etgan, so‘ngra maqola nashr qilingan. M., 2020, 14-21 str - mart.A.Aripova tomonidan yaratilgan darslik va qo‘llanmalar asosida olib borilgan mashg‘ulotlar yaxshi samara bermoqda, jumladan, xorijiy elchixonalarda (Janubiy Koreya elchixonasi – Kvon Yon U, Kvon Yon A, Xo Seong Choi, Pak An So, Kim Min Su, Yulli Li, Xitoy Respublikasi elchixonasi va b.), xalqaro tashkilotlar loyihalarida, Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti bilan hamkorlik dasturida koreyalik ko‘ngillilarga o‘zbek tilini o‘qitish va O‘zbekistonga moslashuv treningi bo‘yicha mashg‘ulotlar ushbu dastur asosida tashkillashtirilgan.2024-yil 28-fevralda V.F.Yakovlev nomidagi Ural Davlat Yuridik universiteti tomonidan o‘tkazilgan onlayn formatdagi konferensiyada “История происхождения и формирования древних племен – живших на территории Центральной Азии” maqolasi bilan ishtirok etdi (Уральский Государственный юридический университет имени В.Ф.Яковлева «Культурные коды в современном языковом сознании» - V.F.Yakovlev nomidagi Ural Davlat yuridik universiteti tomonidan o‘tkazilgan “Zamonaviy til muhitida madaniy kodlar” mavzusidagi konferensiya).